"Yog'och tilish texnologiyasi" fani mebel va duradgorlik buyumlari uchun arralangan yog'och materiallar ishlab chiqarish texnologiyalarini jihozlarini va ularni hisoblash usullarini o'rgatishdir.

Ushbu fanda yog‘ochni optimal tilish usullari, yog‘och tilishni rejalashtirishning grafik va analitik usullari, xom ashyo va mahsulotlar omborlaridagi jarayonlar, yog‘och tilish jihozlari va yog‘och tilish jarayonlarini zamonaviy loyihalari o'rganiladi.

«Yog’och tilish texnologiyasi» fanini o‘zlashtirgan talaba quyidagi bilim, ko'nikma va malakalarga ega bo'ladi:

-  xodalar va arralangan materiallarga qo‘yiladigan talablar, yog‘och tilish usullari, arralangan materiallar ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan jihoz va uskunalar haqida tasavvurga ega bo‘ladi;

-  xodalar va arralangan materiallar spetsifikatsiyasi asosida tilish usulini tanlash, tilish vaziyatlarini hisoblash, yog‘och tilish rejasini tuzish, material balansini va texnologik jihozlarni hisoblash ko‘nikmalariga ega bo‘ladi;

-  arralangan yog‘och materiallar ishlab chiqarish jarayonini loyihalash malakalariga ega bo‘ladi.