Oziq-ovqat injeneringi uchun axborot texnologiyalari

Ushbu dastur sanoat kontrollerlari uchun mo’ljallangan dasturlash tillari bilan tanishish, sanoat korxonalarida qо‘llaniladigan boshqaruv kontrollerlari uchun boshqarish dasturlarini yaratish va uni ishlatish kabi masalalarni qamraydi.

 

1.1.         Fanning maqsad va vazifalari

Fanni о‘qitishdan maqsad – talabalarga sanoat kontrollerlarini dasturlash tillarini o’rgatish, murakkab bo’lmagan dasturlarni tuzish bo’yicha bilim, kо‘nikma va malakani shakllantirish.

Fanning vazifasi – talabalarga texnologik jarayonlarni avtomatlashda qo’llaniladigan standart dasturlash tillarini о‘rgatishdan iborat.

 

1.2.         Fan bо‘yicha talabaning malakasiga qо‘yiladigan talablar

«Boshqarishda qo’llaniladigan dasturlash tillari» о‘quv fanini о‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:

-         Sanoat kontrollerlari va ularning turlarini o’rganish;

-         MEK standarti bilan tanishish;

-         Sanoat kontrollerlarini dasturlash vositalari bilan tanishish;

-         Dasturni tashkil etuvchi kompanentlar bilan tanishish;

-         MEK standartiga kirgan dasturlash tillarini o’rganish;

-        IL  (Instruction list), ST  (Structured   Text), LD (Ladder  Diagram), FBD (Function Block Diagram), SFC (Sequential Function Chart) dasturlash tillarida murakkab bo’lmagan dasturlarni tuza bilishi kerak

- Sanoat kontrollerlarini dasturlash vositalari bilan ishlay olish kо‘nikmalarga ega bо‘lishi kerak

- avtomatlashtirilgan boshqarishda qo’llaniladigan kontrollerlarni dasturlay olish malakalariga ega bо‘lish kerak.

 

1.3.         Fanning о‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan bog‘liqligi va

ishlab chiqarishdagi о‘rni

 

“Boshqarishda qo’llaniladigan dasturlash tillari” tanlov fanlardan biri hisoblanib, 1- semestrda о‘qitiladi. Dasturni amalga oshirish о‘quv rejasida rejalashtirilgan matematik va tabiiy (oliy matematika va fizika), umumkasbiy (informatika va axborot texnologiyalar, muxandislik va kompyuter garfikasi) va tanlov fanlardan (Mutaxassislikka kirish) fanlaridan yetarli bilim va kо‘nikmalarga ega bо‘lishlikni talab etadi.